Chevrolet Cobalt GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT avtomobillari xaridi uchun savdo.uzavtosanoat.uz platformasi va UzAvtoSavdo mobil ilovasida onlayn kontraktatsiya jarayoni yakunlandi. Bu haqda UzAutomotors ma’lum qildi.
Jami 50 017 ta shartnoma tuzilgan bo‘lib, shundan 49 858 tasi One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga, 159 tasi esa yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keladi.
Jami 9 255 dona Chevrolet Cobalt GX-Style AT Plus va 40 762 dona GX-Midnight AT avtomobili realizatsiya qilindi.
Kontraktatsiya jarayoni davomida kompaniya Call-markazi orqali 1 082 mijoz murojaati qabul qilinib, ko‘rib chiqildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt uchun kontraktatsiya jarayonida xatoliklar yuzaga kelgani haqida xabar bergan edi.