Xitoyda yangi BMW X3 cho‘zilgan versiyasi ishlab chiqarila boshlandi

9-yanvar 2025 11:23 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Autohome

BMW Brilliance zavodi G48 kuzovida yangi BMW X3 krossoverining seriyali ishlab chiqarilishini boshladi. Bu haqda Autohome nashri ma’lum qildi.

Xitoyda tayyor mashinalar mijozlarga yetkazib berilishi joriy chorakda amalga oshiriladi.

Mazkur model Xitoy uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, Evropada yoki AQShda mavjud emas. Cho‘zilgan versiyaning uzunligi 4865 mm, kengligi 1920 mm va g‘ildirak bazasi 2975 mmni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich oddiy BMW X3 bilan solishtirganda 110 mm uzunroq va BMW X5 bilan bir xil bazaga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Hozirda Xitoy bozorida faqat bitta variant e’lon qilingan: 2,0 litrli benzinli dvigatelga ega, 287 ot kuchiga ega BMW X3 30Li. Ushbu model 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Keyinchalik boshqa variantlar ham ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zeekr 007 GT taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek