Android foydalanuvchilari WhatsApp mikrofon muammosidan aziyat chekmoqda

14-yanvar 2025 16:19 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Primakov / www.depositphotos.com

Android qurilmalari uchun WhatsApp foydalanuvchilari qo‘ng‘iroq paytida mikrofon ishlashdan to‘xtab qolishidan shikoyat qilmoqda. Bu holat, ayniqsa, dasturdan chiqqanda yoki ekran o‘chirilganda yuz beradi. Bu haqda AndroidPolice nashri ma’lum qildi.

Muammo bir necha yillardan buyon kuzatilayotgan bo‘lsa-da, yechim hanuz topilmagan. Google, Samsung, Motorola va boshqa brendlarning qurilmalari bu nosozlikdan xoli emas.

Hozirgi kunda muammoni chetlash uchun faqat qo‘ng‘iroq davomida ilovada qolish tavsiya etilmoqda. Ilovani qayta o‘rnatish ham nosozlikni bartaraf etmaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron WhatsApp va Google Play’ga taqiqni bekor qilgani haqida xabar bergan edi.

 

Shuningdek