O‘zbekistonda JETEX kompaniyasining aerotaksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi

14-yanvar 2025 13:03 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto:Archer Aviation

Transport vaziri Ilhom Maxkamov va JETEX kompaniyasi ta’sischisi Adel Mardini o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda imzolangan memorandum doirasida O‘zbekistonda aerotaksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur loyiha MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib, xalqaro miqyosdagi FBO xizmatlarini tashkil etadi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Loyiha doirasida «Toshkent-Sharqiy» aeroportida davlat-xususiy sheriklik asosida FBO (aeroportlarda havo kemalari va yo‘lovchilarga kompleks servis xizmatlari ko‘rsatuvchi, xususan, havo kemalariga yoqilg‘i quyish, to‘xtash joyi, angarda saqlash, texnik va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish, havo kemalarini ijaraga berish, charterlarni sotish, taksi va yana boshqa ko‘plab xizmat turlarini ko‘rsatuvchi tashkilotdir) shaklidagi xizmatlar tashkil etiladi.

Bu yerda VIP va CIP mijozlar uchun yuqori darajadagi xizmatlar, jumladan, kichik aviatsiya sohasida ta’mirlash, sotish va saqlash ishlari amalga oshiriladi. Eng muhim yangiliklardan biri – aerotaksi xizmati va VIP taksi tizimi joriy etilishi bo‘lib, bu turizm sohasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ushbu loyiha doirasida biznes aviatsiya sohasida 200 dan ortiq yuqori malakali ish o‘rinlari yaratiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex taksida qancha pul topsa bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek