AQSh Xitoy avtomobillarini import qilishni cheklashni rejalashtirmoqda

15-yanvar 2025 11:57 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Reuters

AQSh hukumati Xitoyda ishlab chiqarilgan deyarli barcha yengil va yuk mashinalarini import qilishni taqiqlash bo‘yicha yangi qoidalarni muhokama qilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar Xitoy avtomobillarida ishlatiladigan dasturiy ta’minot va apparat vositalaridan foydalanishni cheklash orqali milliy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. Bu haqda Reuters ma’lum qildi.

Savdo vaziri Jina Raimondo ushbu masalani izohlab, «Biz yo‘llarimizda millionlab Xitoy avtomobillari harakatlanishini ko‘rishni istamaymiz va xavf ostida ekanligimizni kech anglashni xohlamaymiz», dedi.

Yangi qoidalar 2027-yildan boshlab dasturiy ta’minotga, 2029-yildan esa apparat vositalariga cheklovlar kiritishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, Xitoy kompaniyalariga AQShda o‘zi boshqariladigan avtomobillarni sinovdan o‘tkazish taqiqlanadi.

Mazkur qoidalarda og‘irligi 4500 kilogrammdan ortiq transport vositalari cheklovlardan ozod qilingan. Bu esa Xitoyning BYD kompaniyasiga Kaliforniyada elektr avtobuslarini yig‘ishda davom etish imkonini beradi.

Agar dasturiy ta’minot yangi qoidalar kuchga kirguniga qadar ishlab chiqilgan bo‘lsa va Xitoy kompaniyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa, ushbu taqiq amal qilmaydi. Shu sababli General Motors va Ford kabi kompaniyalar Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillarni import qilishni davom ettirishi mumkin.

Shunga qaramay Polestar kabi kompaniyalar yangi qoidalar AQSh bozorida faoliyat yuritishga katta to‘siq yaratishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Avtomobil innovatsiyalari alyansi esa ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha vaqt berishni so‘ramoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatimiz Xitoydan foydalanilgan avtomobillarni xarid qilishda faollik koʻrsatayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek