Komiljon Toʻxtayev «Xarbin – 2025» qishki Osiyo oʻyinlarida medal uchun kurashadi

17-yanvar 2025 12:00 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Facebook / Komiljon To‘xtayev

Olimpiya oʻyinlarining ikki karra ishtirokchisi, togʻ changʻisi boʻyicha yetakchi sportchimiz Komiljon Toʻxtayev «Xarbin – 2025» qishki Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Hozirda u Italiyada soʻnggi mashgʻulotlarini oʻtkazmoqda.

«Tayyorgarlik yaxshi ketyapti, – deydi Toʻxtayev. – Mashgʻulotlarda har bir burilishda muvozanatni saqlab, tezlikni oshirishga e’tibor beryapman. Bu musobaqa mening faoliyatimdagi yangi sahifa».

Sportchimizning asosiy maqsadi – qishki Osiyo oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilish. Biroq u sportda hammasi oldindan hal boʻlmasligini ta’kidladi. «Muhimi – trassani imkon qadar tez va xatolarsiz bosib oʻtish», – deya qoʻshimcha qildi u.

Medallar uchun kurashda Toʻxtayev Janubiy Koreya va Yaponiya jamoalarini asosiy raqobatchi sifatida e’tirof etdi.

«Sharqiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan buyon musobaqalarda qatnashmaganman, ammo ularning kuchli ekanini bilaman», – dedi sportchi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent 2025-yilgi konkur bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek