27-yanvar – 8-fevral kunlari Qatar poytaxti Doxa shahrida stol tennisi bo‘yicha xalqaro musobaqalar o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli turnirlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hamyurtlarimiz dastlab 27 – 30-yanvar kunlari WTT Youth Contender, so‘ng 31-yanvar – 2-fevral kunlari WTT Youth Star Contender turnirlarida bahs olib borishadi. Shuningdek, 4 – 8-fevral kunlari o‘tkaziladigan WTT Feeder musobaqalarida o‘z mahoratlarini namoyish qilishadi.
Mazkur turnirlarda O‘zbekistonning turli yosh toifalaridagi 12 nafar sportchisi qatnashishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan uch nafar polvonimiz Parij «Katta dubulgʻa» turnirida kurashishi haqida xabar bergan edi.