
O‘zbekistonlik MMA ustasi Bogdan Guskov UFC 311 turnirida amerikalik 29 yoshli Billi Elekanga qarshi jang o‘tkazib, bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozondi.
Toshkent viloyatida tug‘ilgan 32 yoshli Guskov professional faoliyatidagi 20-jangida o‘zining 17-g‘alabasini nishonladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UFC prezidenti Dana Uayt Meta direktorlaridan biriga aylangani haqida yozgan edi.