BYD pikaplar bozorida muvaffaqiyatli debyut qildi

21-yanvar 2025 09:51 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: BYD

Xitoyning BYD kompaniyasi o‘zining pikap yuk mashinalari eksportidagi muvaffaqiyatli natijalarini e’lon qildi. Bu haqda ithome nashri ma’lum qildi.

Kompaniya bir yildan kamroq vaqt ichida 11 mingdan ortiq avtomobil eksport qilib, bozorda kuchli startga erishdi. Ayniqsa, 2024-yil dekabr oyida Shark modeli uchun rekord ko‘rsatkichga erishilib, 3,4 ming dona avtomobil eksport qilingan.

BYD pikaplarining global kengayishi 2024-yil may oyida Meksika bozorida Shark modelini chiqarish bilan boshlandi. Model ikki xil konfiguratsiyada taqdim etildi: GL modeli narxi $53 ming, GS modeli esa $57 mingdan sotuvga qo‘yildi.

Lotin Amerikasi bozoridagi muvaffaqiyatli start kompaniyaga Avstraliya va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga kirib borish imkonini berdi. Shark modeli Kambodjada gibrid varianti bilan taqdim etildi, Avstraliya bozorida esa to‘liq elektr versiyasi chiqdi. Avstraliyadagi modelning boshlang‘ich narxi $37 mingni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD Seagull: eng ko‘p sotilgan elektromobilning yangi versiyasi taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek