Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da yiliga taxminan 3,5 million yevro ishlab topadi. Bu haqda Husanovga yaqin manba Narzulla Saydullayev ma’lum qildi.
O‘zbekistonlik yosh himoyachi «Manchester Siti» klubi bilan 4,5 yil muddatga mo‘ljallangan shartnomaga imzoladi. U yangi klubida 45-raqam ostida to‘p suradi.
Shu orqali Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasida to‘p tepayotgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘ramiz, 2023-yilning iyul oyida Husanov Fransiyaning «Lans» klubiga Belarusning «Energetik-BGU» jamoasidan 100 ming yevroga transfer qilingandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ga o‘tgani haqida xabar bergan edi.