Samsung 2025-yil uchun eng arzon flagman modelini – Galaxy S25 ni taqdim etdi. Tadbir YouTube sahifasida translyatsiya qilindi.
Unga ko‘ra, ushbu telefon 6,2 dyuymli Full HD+ ekran, 12 GB RAM, 4000 mA/soat akkumulyator va 25 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Galaxy S25 7 yil davomida yangilanishlar oladi va uning narxi $800 ni tashkil etadi.
Telefon Qualcomm Snapdragon 8 Elite for Galaxy protsessoriga ega bo‘lib, 50 MP asosiy kamera va 12 MP old kamera bilan jihozlangan. Galaxy S25 Plus modeli esa kattaroq ekran va 4900 mA/soat akkumulyatorga ega, narxi 1000 dollarni tashkil qiladi.
Ikkala model ham IP68 himoyasiga ega bo‘lib, Wi-Fi 7, Bluetooth 5.4 va 15 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Galaxy S25 – 2025 yilning eng arzon va qulay flagman modeli bo‘lishi kutilmoqda.
Samsung yangi flagman telefoni Galaxy S25 Ultra’ni ham taqdim etdi. $1300 narxga ega bo‘lgan modelda 6,9 dyuymli QHD+ ekran, Snapdragon 8 Elite for Galaxy protsessori, 12 GB RAM va 256 GB xotira mavjud. Uning kameralari 200 MP asosiy sensor, 50 MP ultra keng burchakli kamera va 10 MP 3x zoomni o‘z ichiga oladi.
5000 mA/soat akkumulyator, 45 Vt simli zaryadlash va 25 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi modelda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun «Shaxsiy ma’lumotlar dvigateli» va post-kvant kriptografiya ishlatilgan. Galaxy S25 Ultra Android 15 bilan ishlaydi va 7 yil davomida yangilanishlarni taqdim etadi. Telefon IP68 himoyasi, NFC, UWB va stereodinamikalar bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Galaxy S26’ning silikon-uglerodli batareyalari haqida yozgan edik.