Qandolat tayyorlash bo‘yicha Jahon kubogida Yaponiya g‘alaba qozondi

28-yanvar 2025 09:54 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Foto: Mourad Allili/SIPA/Shutterstock

Fransiyaning Lion shahrida bo‘lib o‘tgan qandolat tayyorlash bo‘yicha Jahon kubogida Yaponiya jamoasi ketma-ket ikkinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ular limon, nok, marigold va shokoladdan yasalgan Asanoha bargi shaklidagi granita hamda o‘rikli muzlatilgan desert bilan hakamlarni hayratda qoldirdi.

Foto: Reynaud Julien/APS-Medias/ABACA/Shutterstock

Ikkinchi o‘rinni Fransiya egallab, shokoladli tuxum va xo‘roz shaklidagi desertlari bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi. Malayziya esa bronza medalni qo‘lga kiritib, musobaqadagi kuchli uchtalikni yopib berdi.

Foto: Romain Doucelin/SOPA Images/Shutterstock

Musobaqada 10 mamlakatning eng yaxshi qandolat ustalari ishtirok etib, o‘z desertlari orqali milliy madaniyat va oshpazlik meroslarini namoyish qildi. Har bir jamoa muzlatilgan desert, restoran deserti va shokoladdan ko‘rgazmali ish tayyorlash uchun atigi besh soatga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Rossiya shokoladining asosiy xaridorlaridan biriga aylangani haqida yozgan edik.

Shuningdek