O‘smir yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida sablya qilichbozligi bo‘yicha O‘zbekiston vakilasi Samira Shokirova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni Italiya sportchisi Mariella Viale egalladi. Uchinchi o‘rin esa Vengriya vakilasi Janett Kovach va neytral taraf vakilasi Aleksandra Mixaylova o‘rtasida bo‘lishildi.
Ma’lumot uchun, musobaqalar Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston ogʻir atletika terma jamoasi jahon chempionatida kuchli uchlikdan joy olgan edi.