Fan

Xitoy ulkan lazer yordamida yulduzlar energiyasini yaratmoqchi

5-fevral 2025 20:03 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Foto: Planet Labs PBC

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Xitoyda yadro sintezi bo‘yicha yirik tadqiqot markazi qurilayotganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu inshoot kelajak energetikasini o‘zlashtirish yo‘lida katta qadam bo‘lishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, markazda lazer nurlari vodorod yadrolarini birlashtirib, ulkan energiya hosil qilish uchun ishlatiladi. Ushbu texnologiya toza va cheksiz energiya manbai sifatida katta istiqbolga ega.

Foto: Damien Jemison/Lawrence Livermore National Laboratory/Reuters

Biroq ayrim tahlilchilar ushbu loyiha Xitoyning yadroviy qurol dasturlarini rivojlantirish maqsadida ham qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. AQSh hozircha bu sohada yetakchi hisoblanadi, ammo Xitoy tezkor harakat qilib, peshqadamlikka intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy oyda muz qidirish uchun uchuvchi robot yuborishi haqida yozgan edik.

Shuningdek