Chevrolet Trailblazer yangilandi: ranglari va ishlab chiqarish sanasi ma’lum

7-fevral 2025 10:04 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Chevrolet.com

Chevrolet kompaniyasi Trailblazer 2026 modelini yangiladi va uni 2025-yil bahorida sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangilangan model 2025-yilgi versiyaning asosiy xususiyatlarini saqlab qolgan holda, bir nechta yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Bu haqda speed.ru nashri ma’lum qildi.

General Motors (GM) ma’lumotlariga ko‘ra, Chevrolet Trailblazer 2026 modeli ishlab chiqarilishi 2025-yil 1-apreldan boshlanadi. Dilerlar esa ushbu yangilangan modelga buyurtma berishni 2025-yil 13-fevraldan boshlaydi.

Yangi modelda avvalgi Nitro Yellow Metallic va Crimson Metallic ranglari o‘rniga White Sands va Apex Red ranglari taqdim etiladi.

Chevrolet Trailblazer 2026 ikkita turbo dvigatel bilan ishlab chiqariladi:
🔹 1,2L I3 LBP (137 ot kuchi, 162 Nm) – E85 yonilg‘isini qo‘llab-quvvatlaydi;
🔹 1,3L I3 L3T (155 ot kuchi, 174 Nm) – standart benzinli versiya.

Baza modelida old g‘ildirakli harakatlanish tizimi bo‘lib, shuningdek, to‘liq g‘ildirakli haydovchi opsiyasi ham mavjud.

Chevrolet Trailblazer Janubiy Koreyaning Bupyon shahridagi zavodida ishlab chiqariladi. Yangi model xaridorlarga 2025-yil bahorida yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Chevrolet Optra’ning narxi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek