BMW Chikagodagi avtosalonda Vegas Red rangidagi yangi M5 G90 sport sedanini taqdim etdi

9-fevral 2025 10:30 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: chicagoautoshow.com

Chikagodagi avtosalonda BMW 2025-yilgi yangi M5 G90 sport sedanini taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri ma’lum qildi.

Avtomobil Executive paketiga ega bo‘lib, unda ventilyatsiya qilingan o‘rindiqlar, quyoshdan himoya qiluvchi pardalar va ilg‘or haydovchiga yordam tizimlari mavjud. Salonda klassik qora teri ishlatilgan bo‘lsa-da, mijozlar Kyalami Orange yoki Red kabi yorqin variantlarni ham tanlashi mumkin.

Yangi BMW M5 G90 eng so‘nggi iDrive X multimedia tizimi va panoramali displey bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish 2031-yilgacha davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu model 2025-yilning eng yaxshi sport sedanlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Ilk nusxalar shu yilning o‘zida sotuvga chiqadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyda yangi BMW X3 cho‘zilgan versiyasi ishlab chiqarila boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek