![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/b3lmkorn5se2gekipyxiowtegb4kfli3_front.jpg)
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Vayssenxaus shahrida shaxmat bo‘yicha Fisher nomidagi Freestyle Chess Grand Slam Tour turnirida chorak finalga chiqdi, deb xabar berdi O‘zA.
O‘zbekistonlik shaxmatchi turnir jadvalida fransiyalik grossmeyster Alirizo Firuzjadan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Chorak finalda Sindarov besh karra AQSH chempioni Hikaru Nakamuro bilan uchrashadi.
Shuningdek, musobaqada dunyoning eng kuchli grossmeysterlaridan Magnus Karlsen va shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaraju ham ishtirok etmoqda.
Chorak final bahslari 17-fevralga qadar davom etadi. Turnir g‘olibi 200 ming dollar va Fisher shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoniga ega bo‘ladi.
O‘yinning bu varianti shaxmat bo‘yicha 11-jahon chempioni Robert Fisher tomonidan ishlab chiqilgan va ommalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Yakubboyev hind shaxmatchisidan uzr so‘ragani borgani haqida xabar bergan edi.