Galaxy S26 avtonomlik bo‘yicha rekord o‘rnatishi mumkin

11-fevral 2025 09:43 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Samsung

Samsung flagman smartfonlarida yangi avlod batareyalarini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Koreyaning Fnnews nashriga ko‘ra, kompaniya kremniy-uglerodli batareyalarni ishlab chiqish ustida ishlamoqda va bu texnologiya Galaxy S26 seriyasida qo‘llanilishi kutilmoqda.

Agar Galaxy S25 Ultra 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan yetkazib berilsa, Galaxy S26’da bu ko‘rsatkich 6000 – 7000 mA/soatgacha oshishi mumkin. Yangi kremniy-uglerodli batareyalar an’anaviy litiy-ionli akkumulyatorlarga nisbatan yuqori sig‘im va tezkor zaryadlash imkoniyatlarini taqdim etadi.

Hozirda xitoylik ishlab chiqaruvchilar, ayniqsa, flagman smartfonlarida katta sig‘imli akkumulyatorlarni taqdim etishda yetakchilik qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy S26 silikon-uglerodli batareyalar orqali inqilobni boshlashi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek