![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-344.png)
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqada Osipova +73 kg vazn toifasida ishtirok etib, raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Turnirning o‘ziga xos jihati shundaki, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda g‘olib bo‘lgan sportchilar an’anaviy medallardan tashqari sof brilliant bilan ham taqdirlandi. U bu xabarni Telegram kanalida muxlislari bilan bo‘lishdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan para taekvondochilar Antaliyadagi «Turkish Open» turnirida 9 ta medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.