Apple 19-fevral kuni yangi gadjetini namoyish etadi

14-fevral 2025 10:13 eʼlon qilindi

Dar’ya Barakina

Dar’ya Barakina

Muharrir d.barakina@kursiv.media
Foto: DenysKuvaiev / www.depositphotos.com

Apple kompaniyasi 19-fevral, chorshanba kuni yangi gadjetining taqdimotini oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Apple rahbari Tim Kuk ma’lum qildi.

«19-fevral, chorshanba kuni “yangi oila a’zosini» kutib olishga tayyorlaning”, – deb yozdi Kuk X tarmogʻidagi sahifasida.

Apple rahbari tafsilotlarni ochiqlamadi, biroq fevral oyi boshida Bloomberg agentligi kompaniyaning sun’iy intellekt funksiyalariga ega yangi iPhone SEʼni bozorga chiqarish rejalari haqida xabar bergan edi.

Kursiv Uzbekistan iPhone SE 4ʼning ilk tasvirlar internetda paydo boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek