Chery O‘zbekistonda yangi gibrid modelini taqdim etishga tayyor

14-fevral 2025 13:57 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Avtostrada

Xitoyning Chery brendi O‘zbekiston bozoriga plug-in gibrid Tiggo 9 PHEV modelini olib kelishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yangi model o‘z segmentida KIA Sorento, Chevrolet Traverse, BYD Song PHEV va Hyundai Santa Fe kabi mashinalarga raqobatchi bo‘ladi. Bu haqda Avtostrada telegram kanali ma’lum qildi.

Rossiya bozorida 2024-yilgi Tiggo 9 ning benzinli versiyasi $42 – 50 ming oralig‘ida baholanmoqda. O‘zbekistonda esa gibrid modelining narxi taxminan 500 – 600 mln so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu ADM Jizzax zavodida Chery avtomobillarini yig‘ish uchun berilgan bojxona va qayta ishlash to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarga qaramay shakllangan narx hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chery Exeed Exlantix ES EREV avtomobilining rasmiy suratlari namoyish etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek