Ronaldu 2024-yilda eng ko‘p daromad olgan sportchi deb topildi

14-fevral 2025 10:50 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Foto: mrogowski_photography / www.depositphotos.com

2024-yilda eng ko‘p maosh olgan sportchi Krishtianu Ronaldu bo‘lib, uning daromadi $260 mln.ni tashkil etdi. Ro‘yxat Sportico tomonidan tuzildi.

Unga ko‘ra, futbol yulduzi Ronalduning yuqori daromadlari $215 mln maosh va mukofot pullaridan kelib chiqqan. Bu summa «Al-Nasr» klubida (Saudiya Arabistoni) va Portugaliya terma jamoasidagi o‘yinlaridan olingan, shuningdek, $45 mln sportdan tashqari reklama shartnomalaridan ishlab topilgan.

40 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan keyin o‘z karyerasida qayta tiklanish davrini boshdan kechirdi, «Al-Nasr» bilan o‘tkazgan 90 ta o‘yinda 82 gol urdi va o‘tgan yil sentabr oyida 900 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Ronaldu Saudiya Arabistoniga katta mablag‘larga olib kelingan uchta futbolchidan biri bo‘lib, unga Neymar va Karim Benzema ham qo‘shilgan.

Ikkinchi o‘rinni esa NBA yulduzi Stef Karri egalladi. U 2024-yilda taxminan $153,8 mln ishlab topgan – $53,8 mln maosh/mukofotlar va $100 mln reklama shartnomalaridan.

Britaniyalik Tayson Fyuri uchinchi o‘rinni band etgan bo‘lib, uning daromadi $147 mln.ni tashkil qildi ($140 mln maosh va mukofot pullari, $7 mln esa reklama shartnomalaridan).

Lionel Messi to‘rtinchi o‘rinda bo‘lib, uning taxminiy daromadi $135 mln – $60 mln maosh va mukofot pullari, $75 mln esa reklama shartnomalaridan kelgan.

Ma’lumot uchun, eng ko‘p maosh olgan 100 nafar sportchi orasida sakkizta sport turi va 27 ta mamlakat vakillari mavjud. Ular 2024-yilda umumiy hisobda taxminan $6,2 mlrd daromad olganlar. Ayol sportchilardan birortasi ham «TOP – 100» ga kirolmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu milliard obunachiga ega tarixdagi ilk shaxsga aylangan edi.

Shuningdek