Oppo yangi A3i Plus modelini taqdim etdi – narx

16-fevral 2025 14:32 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Foto: GSM Arena

Oppo Xitoyda A3i Plus modelini taqdim etdi, ammo bu yangi qurilma aslida o‘tgan yil iyulida chiqqan Oppo A3 bilan bir xil, deya xabar bermoqda GSM Arena.

Unga ko‘ra, A3i Plus 6,7 dyuymli OLED ekran, Qualcomm Snapdragon 695 chipi, 50 MP asosiy kamera va 5000 mAh batareyaga ega. U ColorOS 14 tizimi bilan ishlaydi.

Narx jihatidan A3i Plus chegirmali narxda sotuvga chiqadi: 12/256GB modeli $178, 12/512GB versiyasi esa $205). Taqqoslash uchun, Oppo A3 ning 12/256GB versiyasi $246 sotilmoqda.

Oppo A3i Plus 17-fevraldan boshlab Xitoyda sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S25 Ultra va iPhone 16 Pro Max mustahkamligi sinovidan o‘tkazilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek