Samsung Galaxy S25 seriyasi uchun ilk yangilanishni e’lon qildi

16-fevral 2025 17:07 eʼlon qilindi

(17-fevral 2025 18:21 yangilandi)
Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi Galaxy S25 seriyasining birinchi yangilanishni taqdim etdi. Bu haqda Sam Mobile ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu yangilanish Galaxy S25, Galaxy S25 Plus va Galaxy S25 Ultra modellari uchun mavjud bo‘lib, tizimdagi xatolarni tuzatadi va ishlashni yaxshilaydi.

Yangilanish hajmi 500 MB atrofida bo‘lib, unda fevral oyining xavfsizlik patchi ham kiritilgan. Bu patch One UI 7.0 va Android 15 tizimlaridagi xavfsizlik kamchiliklarini bartaraf etadi.

Shuningdek, kamera bilan bog‘liq muammolarni hal qilish bo‘yicha ham tuzatishlar amalga oshirilgan. Ammo tun rejimida paydo bo‘lgan vertikal chiziqlar muammosi qachon hal qilinishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S25 Ultra va iPhone 16 Pro Max mustahkamligi sinovdan o‘tkazilgan edi.

Shuningdek