Samsung Galaxy S25 Ultra mustahkammi yoki iPhone 16 Pro Max

16-fevral 2025 09:20 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Foto: Videodan olindi

Samsung Galaxy S25 Ultra va iPhone 16 Pro Max mustahkamlik jihatidan solishtirildi. Sinov PhoneBuff YuoTube kanali tomonidan amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, smartfonlar beton va po‘latga tashlanib, ularning qanchalik bardoshli ekani tekshirilgan.

Birinchidan, iPhone 16 Pro Max orqa tomoniga tushib, shishasi ko‘plab yoriqlar bilan zararlanishi va kameraning bir moduli shikastlanishi bilan tugadi. Samsung Galaxy S25 Ultra esa deyarli zarar ko‘rmadi. Keyingi tushishlarda ikkala qurilmada faqat tirnalgan izlar paydo bo‘ldi, ammo Galaxy S25 Ultra’ning sekinlashtirilgan tasvirlarida tushishdan chaqmoqlar chiqdi.

Ekran pasti bilan tushganda esa, iPhone ancha kuchliroq shikastlandi, Galaxy S25 Ultra esa yoriqlarga qarshi vaqtincha chidamli bo‘ldi. Bonus raundida Samsung’ning orqa shishasi yorilib, oxirgi tashlashlarda sezilarli yoriqlar paydo bo‘ldi.

Natijada Galaxy S25 Ultra mustahkamlik testi bo‘yicha g‘olib chiqdi, lekin ikkala qurilma ham zarar ko‘rdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S25 Ultra mustahkamligi sinovdan o‘tkazilgan edi.

Shuningdek