
Grok chat-botining uchinchi versiyasi dushanba oqshomida taqdim etiladi, deb xabar berdi Reuters agentligi tadbirkor Ilon Maskning so‘zlariga tayanib.
Xizmat Tinch okeani vaqti bilan soat 20:00 da bo‘lib o‘tadigan namoyishda taqdim etiladi. Toshkentda esa bu vaqt seshanba kuni soat 9:00 ga to‘g‘ri keladi.
Grok 3 chat-boti sun’iy intellekt asosida ishlaydi. Xizmatni yaratish va qo‘llab-quvvatlash bilan Maskning xAI startapi shug‘ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask OpenAI’ni $97,4 milliardga sotib olishni taklif qilgan edi.