
Oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning «Real»ga qarshi javob uchrashuvida ishtirok etishi mumkin. Jamoaning kengaytirilgan roʻyxatini ingliz klubi matbuot xizmati e’lon qildi.
Oʻyin Madrid shahrida 19-fevral kuni kechasi (Toshkent vaqti bilan 20-fevral soat 01:00 da) boʻlib oʻtadi. Husanov jamoasi birinchi oʻyinda 2:3 hisobida magʻlub boʻlgan edi.
Muxlislar mavsumning eng qiziqarli va dinamik uchrashuvlaridan birini kutmoqda. Tahlilchilarning fikricha, Ispaniya jamoasi gʻalaba qozonishi ehtimoli yuqori.
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Real»ni magʻlub etish imkoniyatini bir foizdan koʻp boʻlmasligini tan oldi, ammo u raqiblarini magʻlub etish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanishini bildirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Paxtakor» Elit Chempionlar ligasida ishtirok etgani uchun qancha mukofot olgani haqida xabar bergandi.