
«Manchester Siti»ning oʻzbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning Chempionlar ligasi doirasida «Real Madrid»ga qarshi oʻyini Flashscore sport portali tomonidan 6,3 ballga baholandi.
Uchrashuvda ingliz klubi Ispaniya klubiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Magʻlubiyatdan soʻng «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola jamoasini qayta qurish kerakligi haqida ma’lum qildi.
«Bu bizning eng yomon yilimiz boʻldi», – deya ta’kidladi «Shaharliklar» ustozi.
Ma’lumot uchun, «Real»ga qarshi dastlabki oʻyinda oʻzbekistonlik futbolchi maydonga tushmagan edi. Oʻshanda Ispaniya klubi 3:2 hisobida gʻalaba qozongan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Roma» «Parma» ustidan minimal hisobda gʻalaba qozongani haqida yozgan edi.