Toyota yangi C-HR modelini taqdim etdi

20-fevral 2025 18:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Foto: Toyota

Toyota kompaniyasi mashhur C-HR modelining High Hero nomli yangi versiyasini taqdim etdi. Avtomobil ikki rangda bezatilgan. Old panjara va orqa bamper qora rangda. Model 19 dyuymli g‘ildiraklar bilan jihozlangan.

Salonida Bordeaux Red rangidagi sun’iy charm va zamsh qoplamali o‘rindiqlar, panoramali tom hamda 64 rangli ichki yoritish funksiyasi mavjud.

Foto: Toyota

Avtomobil gibrid qurilmalari bilan taklif etiladi: 140 ot kuchiga ega 1,8 litrli, shuningdek, Hybrid 200 va Plug-in Hybrid 220 2,0 litrli dvigitil versiyalarini taqdim etadi. Barcha modellar Toyota Safety Sense xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, Toyota 20 dyuymli gʻildiraklar, sport oʻrindiqlari va takomillashtirilgan JBL audiotizimiga ega boʻlgan C-HR GR Sport Premiere Edition yangi versiyasini ham taqdim etdi. Avtomobillar Yeropada sotuvga chiqqani aytilmoqda.

Avvalroq Kursiv Toyota yangi Platinum 3X krossoverini Xitoyda $14 minglik boshlangʻich narx bilan taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek