Realme GT7 Pro smartfonining afzalliklari nimalardan iborat

24-fevral 2025 13:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Foto: Realme

Realme brendi bu mavsumda oʻzining super GT7 pro modelini taqdim etdi. Smartfonning texnik xususiyatlari kompaniya saytida eʼlon qilindi.

Shisha va metal korpusdan iborat 8K videoyozuvni qoʻllab-quvvatlaydigan uchta kamera va 6500 mA/soat quvvatga ega akkumulyator smartfonning raqobatchilar ichida alohida ajralib turishini taʼminlaydi.

Foto: Realme

Android 15 operatsion tizimda ishlaydigan ushbu modelning operativ xotirasi 12/16 GB, ichki xotirasi esa 1024 GB ni tashkil etadi. Smartfon ikkita Nano-sim kartani qoʻllab quvvatlaydi, ammo elektron sim karta uchun xizmat koʻrsata olmaydi. Modelning oʻlchamlari 163/77/8,6 mm tashkil etadi. ogʻirligi 223 g. Sensorli displey LTPO AMOLED, 6,78 dyuym, 1264×2780, 450 ppi, 120 Gts

Foto: Realme

Smartfonning orqa tarafdagi qora kvadrat yamoqni hisobga olmaganda, butun koʻrinish boshqacha taassurot qoldiradi. Old va orqa panellarning biroz egilgan qirralari korpusning kaftingizga qoʻpol ravishda kesilishining oldini olish uchun kifoya qiladi va keng yon ramka uni qoʻlingizda mahkam ushlab turishga imkon beradi. Korpus materiallari yon rom alyuminiydan, orqa tomoni esa shishadan (Panda Glass) ishlangan. Ikkalasi ham deyarli barmoq izlariga chidamli va juda yaxshi koʻrinadigan yuzaga ega.

Barmoq izi skaneri ekran oynasi ostida joylashgan. Bu nam barmoqlarni aniqlay oladigan tezkor ultratovush sensoriga ega.

Foto: Realme

Shuningdek, pastki qismida dinamik, mikrofon va USB Type-C ulagichi mavjud. modelning yuqori qismida qoʻshimcha mikrofon va karnay mavjud. Bu smartfon yaxshi tovush chiqarishi uchun zamin yaratadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan 2024-yildagi Xitoyning eng yaxshi besh smartfonlari haqida yozgan edi.

Shuningdek