BYD Leopard 5 yangilandi

25-fevral 2025 10:31 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: BYD

Xitoyda yangi BYD Leopard 5 (Fang Cheng Bao Bao 5) Intelligent Driving Edition sotuvga chiqdi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.

Oddiy versiyadan farqli o‘laroq, yangilangan model tomga o‘rnatilgan lidar va AI yordamchisi bilan jihozlangan bo‘lib, u nafaqat yo‘lda marshrutni rejalashtiradi, balki she’r yozish, rasm chizish va xarid qilish kabi funksiyalarni ham bajara oladi.

Foto: BYD

Yangi model to‘rtta versiyada taqdim etiladi. BYD God’s Eye aqlli haydash tizimi bilan jihozlangan versiyalari $33 – 35,8 mingdan, Huawei Qiankun ADS 3.0 tizimi o‘rnatilgan variantlari esa $39,2 mingdan $45,4 minggacha baholangan.

Ichki qulayliklar qatorida 4,5 litrli muzlatkich, 12,3 dyuymli asboblar paneli ekrani, 15,6 dyuymli markaziy displey, Nappa charm o‘rindiqlar (ventilyatsiya, isitish va massaj funksiyalari bilan), shuningdek, 18 dinamikli ovoz tizimi mavjud.

Foto: BYD

Texnik jihatdan avtomobil 193 ot kuchiga ega ichki yonuv dvigateliga, 272 va 384 ot kuchiga ega old hamda orqa elektr motorlarga ega gibrid tizim bilan jihozlangan. Avtomobil uzunligi 4890 mm (tashqi zaxira g‘ildirak bilan 4930 mm), kengligi 1970 mm, balandligi 1920 mm, g‘ildirak bazasi esa 2800 mm.ni tashkil qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD va DJI aqlli avtomobil dron tizimini taqdim etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek