Samsung Galaxy A56: kuchli batareya, 6 yillik yangilanish va ilg‘or xususiyatlar bilan taqdim etiladi

28-fevral 2025 09:45 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Samsung Galaxy A56'ning ko'rinishi
Samsung Galaxy A56: kuchli batareya, 6 yillik yangilanish va ilg‘or xususiyatlar bilan taqdim etiladi / foto: WinFuture

Samsung o‘zining o‘rta toifadagi yangi smartfoni Galaxy A56 modelining rasmiy premyerasini 2-mart kuni o‘tkazishi kutilmoqda. Ammo uning texnik xususiyatlari va narxi allaqachon oshkor qilindi. Germaniyaning WinFuture resursi bergan ma’lumotga ko‘ra, Yevropada smartfon 480 yevrodan sotuvga chiqadi.

Smartfon Exynos 1580 chipi va AMD Radeon grafik protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, operativ xotirasi 8 Gb ni tashkil etadi. Dasturiy ta’minot esa Android 15 asosidagi OneUI 7.0 bo‘lib, Samsung ushbu model uchun 6 yil davomida yangilanishlar taqdim etishini tasdiqlagan.

Foto: WinFuture

Galaxy A56 6,7 dyuymli Super AMOLED ekranga ega bo‘lib, u Full HD+ o‘lcham va 120 Gts yangilanish tezligiga ega. Displey Corning Gorilla Glass Victus bilan himoyalangan. Asosiy kamera tizimi uch modulli bo‘lib, 50 MP asosiy sensor, 12 MP ultra keng burchakli modul va 5 MP makro obyektiv bilan jihozlangan. Old kamera esa 12 MP o‘lchamdagi sensorga ega.

Foto: WinFuture

Smartfon 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 45 Vt tezkor quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa uni batareya quvvati bo‘yicha Galaxy S25 Ultra bilan tenglashtiradi. Shuningdek, IP67 standartidagi chang va suvdan himoya, stereo dinamiklar va NFC qo‘llab-quvvatlovi kabi imkoniyatlarga ham ega.

Galaxy A56 ning o‘lchamlari 162,7 x 77,5 x 7,4 mm, og‘irligi esa 197 grammni tashkil etadi. Samsung ushbu model orqali flagman imkoniyatlarini o‘rta toifa smartfonlarida ham taqdim etishga harakat qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung $120 lik yangi smartfonini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek