Chevrolet 2026-yilgi Equinox narxlari va modellari e’lon qilindi

4-mart 2025 23:17 eʼlon qilindi

Chevrolet 2026-yilgi Equinox
Chevrolet 2026-yilgi Equinox narxlari va modellari e’lon qilindi / Foto: Chevrolet

Chevrolet kompaniyasi 2026-yilgi Equinox krossoverining narxlari haqida ma’lumot berdi. Bazaviy modelning boshlang‘ich narxi deyarli $30 ming etib belgilangan, to‘liq uzatmali versiyalar esa $31,99 mingdan sotuvga chiqadi. Sport uslubidagi Activ va RS modifikatsiyalarining narxi $34,4 mingdan boshlanadi.

Xaridorlarga bir qator qo‘shimcha opsiyalar ham taklif etiladi. LT versiyasi uchun Convenience Package II to‘plami mavjud bo‘lib, u elektr boshqaruvli o‘rindiqlar, yomg‘ir sensori va simsiz quvvatlash tizimini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Midnight Edition opsiyasi qora dizayn aksentlari bilan ajralib turadi. Activ va RS versiyalarida Convenience Package III to‘plami taklif qilinib, old o‘rindiqlar ventilyatsiyasi hamda orqa o‘rindiqlar isitish tizimi bilan jihozlangan.

Krossover 175 ot kuchiga ega 1,5 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Oldi uzatmali versiyalar variator bilan jihozlangan, to‘liq uzatmali modifikatsiyalarda esa 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va kuchaytirilgan burish momenti mavjud.

Yangi modelning ishlab chiqarilishi 2025-yil mart oyida Meksikada boshlanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda esa hozirda Equinox’ning AT 1LT AWD MH modeli sotuvda bo‘lib, uning narxi 416 million so‘m yoki taxminan $32,2 mingga teng. 4-fevral soat 22:40 holatiga ko‘ra, atigi 8 dona avtomobil qolgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt O‘zbekiston bozorida eng ommabop modellardan biri bo‘lib qolayotgani haqida yozgan edi. Biroq hatto ushbu ishonchli avtomobilning ham o‘ziga xos kamchiliklari bor. Kursiv Avto ushbu modelning eng keng tarqalgan muammolari ro‘yxatini tuzdi.

Shuningdek