Geely o‘zining barcha modellarini G-Pilot avtopiloti bilan jihozlaydi

5-mart 2025 11:13 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
geely
Geely o‘zining barcha modellarini G-Pilot avtopiloti bilan jihozlaydi / Foto: Geely

Xitoyning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi Geely o‘zining barcha modellari uchun boshqaruv tizimi – G-Pilot’ni joriy etishini e’lon qildi. Bu kompaniyaning Zeekr, Lynk & Co va LEVC kabi brendlari avtomobillariga ham tegishli bo‘ladi. Bu haqda Avtorevyu nashri ma’lum qildi.

Geely’ning bu qarori Xitoy avtosanoatida yangi bosqichni boshlab beradi. Avvalroq BYD God’s Eye deb nomlangan avtopilot tizimini barcha avtomobillarida joriy qilishini ma’lum qilgan edi. Geely esa unga raqobatchilik qilgan holda besh xil G-Pilot variantini taklif etadi.

G-Pilot tizimining konfiguratsiyalari:

  • G-Pilot H1 – 10 ta kamera va 5 mm radarlarga ega, adaptiv kruiz nazorati, avtoturargoh va avtomagistralda avtonom harakatlanish funksiyalarini taklif etadi.
  • G-Pilot H3 – radarlar 3 mm versiyalar bilan almashtirilgan bo‘lib, shahar avtopilotiga ega.
  • G-Pilot H5 – lidar texnologiyasi va qo‘shimcha kameralar orqali uyma-uy yurishni avtomatlashtiradi.
  • G-Pilot H7 – sun’iy intellekt imkoniyatlari kengaytirilgan bo‘lib, yanada kuchli hisoblash platformasiga ega.
  • G-Pilot H9 – 13 ta kamera va bir nechta lidar sensori bilan jihozlangan bo‘lib, kelajakda uchinchi darajali avtonom haydash sertifikatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Geely Flyme Auto operatsion tizimiga sun’iy intellektni chuqur integratsiya qilishini ham e’lon qildi. Bu tizim animatsion avatarlarga ega ovozli yordamchi orqali foydalanuvchilarga yanada qulay boshqaruv imkoniyatini taqdim etadi.

Tesla o‘zining FSD (Full Self-Driving) tizimini $8 mingga sotayotgan bir paytda, Geely va BYD kabi kompaniyalar avtonom boshqaruv texnologiyasini yanada arzon va ommabop qilishga harakat qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyda eng ko‘p sotilgan yengil avtomobil Geely Geome Xingyuan bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek