
Angliyaning «Manchester Siti» futbol klubi fevral oyining eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi. Ushbu unvonga himoyachi Abduqodir Husanov loyiq deb topildi.
Mukofot topshirilgandan so‘ng Husanov klubning Instagram sahifasida e’lon qilingan qisqa intervyuda qatnashdi. Unda futbolchidan ingliz tilidagi sevimli slang so‘zi haqida so‘rashdi. Husanovning javobiga ko‘ra, bu so‘z «buzzing» ekan (baxtli, energiyaga to‘la, hayajonda bo‘lish).
Futbolchi sevimli «cheat meal» (rejalangan parhezni buzib iste’mol qilinadigan taom) sifatida osh va shashlikni tilga oldi.
Husanovning Manchester shahridagi eng yoqtirgan joyi «Etihad» stadioni, jamoa ichidagi eng yaqin do‘sti esa Vitor Reis ekanini aytdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fayzullayevdan Husanovgacha: Oʻzbekistonning ayni damdagi eng qimmat 11 nafar futbolchisi haqida yozgan edi.