
Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan oʻrin olgan «Al-Hilol» – «Paxtakor» bahsi 11-mart kuni Riyod shahrida boʻlib oʻtdi. «Kingdom Arena» stadionida o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobida gʻalabaga erishdi.
Uchrashuvdagi hisob 31-daqiqada Hamad Al Yami tomonidan ochildi. 42-daqiqada esa riyodliklar qarshi hujumdan ikkinchi golni urishdi.
Ikkinchi boʻlimning dastlabki daqiqalarida Salim al Dovsari penaltidan «Paxtakor» darvozasiga yana bir gol kiritdi. Oʻyinning soʻnggi daqiqalarida esa Nosir al Dovsari mezbonlarning toʻrtinchi goliga mualliflik qildi.
Ikki oʻyin natijasiga koʻra, 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan «Paxtakor» turnirdagi ishtirokini yakunladi. «Al-Hilol» esa chorak finalga yoʻl oldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Paxtakor» Toshkentda «Al-Hilol» ustidan gʻalaba qozongani haqida xabar bergan edi.