BMW 5-Series va i5 tez orada restaylingga uchraydi

13-mart 2025 17:53 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
bmw
BMW 5-Series va i5 tez orada restylingga uchraydi / Foto: BMW

BMW o‘zining 5-Series va uning elektr versiyasi i5 uchun katta dizayn yangilanishini amalga oshirishga qaror qildi. Garchi ushbu avlod 2023-yilda taqdim etilgan bo‘lsa ham, kompaniya Neue Klasse korporativ uslubiga mos keluvchi katta restaylingni rejalashtirmoqda. Bu haqda 32cars.ru nashri ma’lum qildi.

«Akula burni» dizayni qaytmoqda

Ilk test sinovlari davomida olingan ayg‘oqchi kadrlar yangi BMW 5-Series old dizayni sezilarli darajada o‘zgarganini ko‘rsatdi. Dizaynerlar 70 – 80-yillardagi klassik «akula burni» uslubiga murojaat qilib, uni zamonaviy elementlar bilan uyg‘unlashtirishgan.

  • Faralar to‘liq qayta ishlangan, dizayn yanada zamonaviy va o‘tkir ko‘rinishga ega bo‘ldi.
  • Panjara yangi shaklda ishlab chiqildi, lekin M5 modeli bilan solishtirganda ancha yumshoq va kamroq tajovuzkor bamperlarga ega bo‘ladi.
  • Orqa qism deyarli o‘zgarishsiz qoladi: chiroqlar avvalgidek shaklda qoladi, davlat raqami uchun joy ham o‘zgarishsiz qoladi.

Texnik yangilanishlar minimal bo‘ladi

Dizayn o‘zgarishlaridan farqli o‘laroq BMW 5-Series va i5 texnik jihatdan katta o‘zgarishlarga uchramaydi. Kompaniya ushbu model hali dolzarb ekanini inobatga olib, faqat kichik texnik takomillashtirishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

BMW 7-Series va X3 ham yangilanadimi?

BMW nafaqat 5-Series, balki o‘zining flagman 7-Series va mashhur X3 krossoveri uchun ham yangilanish rejalashtirmoqda. Biroq 5-Series dan farqli ravishda, bu modellarga Neue Klasse uslubi hali to‘liq tatbiq etilmaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BMW 3-Series’ning uzaytirilgan versiyasi taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek