
Oʻzbekistonda ixcham Kia Sonet narxi 13,2 foizga oshirildi. Bu haqda Autostrada nashri xabar bermoqda.
Boshlang‘ich Classic komplektatsiyasi 199 mln so‘mdan boshlanadi. Ushbu versiya 1.5 litrli benzin dvigateliga ega bo‘lib, 115 ot kuchini beradi. Unda LED kunduzgi chiroqlar, 16 dyuymli shtamplangan disklar va oddiy tashqi bezaklar mavjud.
Keyingi bosqich — Luxe komplektatsiyasi 222 mln so‘mdan taklif etiladi. Bu variantda tom relinglari, tumanga qarshi chiroqlar va qo‘shimcha LED elementlar mavjud.
FIFA World Cup 2026 Edition nomli maxsus versiya 234 mln so‘mdan boshlanadi. U dizayn va opsiyalar jihatidan Luxe bilan o‘xshash, ammo maxsus seriya sifatida ajralib turadi.
Jadval:
| Komplektatsiya | Dvigatel | Narxi |
|---|---|---|
| Classic | 1.5 MPI / 115 ot kuchi, benzin | 199 900 000 so‘m |
| Luxe | 1.5 MPI / 115 ot kuchi, benzin | 222 900 000 so‘m |
| FIFA World Cup 2026 Edition | 1.5 MPI / 115 ot kuchi, benzin | 234 900 000 so‘m |
| Prestige | 1.5 MPI / 115 ot kuchi, benzin | 249 900 000 so‘m |
| Black Edition | 1.5 MPI / 115 ot kuchi, benzin | 254 900 000 so‘m |
Kia tomonidan koʻtarilgan narxlar faqat foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash dasturi boʻyicha sotiladigan avtomobillarga tegishli. Naqd pul yoki bank krediti orqali sotib olayotganda narxlar bir xil boʻlib qoladi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker modelining narxini oshirgani haqida yozgan edi.