
«Oʻzavtosanoat» AJ ma’lumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar – mart oylarida Chevrolet avtomobillari savdosi 62,2 mingtani tashkil etgan. Bu oʻtgan yilgiga (77,1 ming) nisbatan 20 foizga kamayganini bildiradi.
Boshqa brendlarda oʻsish qayd etilgan. Jumladan, KIA 54,5 foizga, BYD esa 22,6 foizga yuqorilagan.
Eng koʻp xarid qilingan modellar bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin:
Model | Soni |
Chevrolet Cobalt | 29 ming |
Chevrolet Damas | 15, 4 ming |
Chevrolet Tracker | 7,15 ming |
Chevrolet Labo | 5,8 ming |
Chevrolet Onix | 4,05 ming |
Kia Sonet | 3,9 ming |
BYD Song Plus DM-i Chempion | 1,4 ming |
BYD Chazor | 927 |
BYD Song Pro DM | 802 |
Chery Tiggo | 730 |
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt narxidagi uzoq masofaga moʻljallangan krossover taqdim etilgani haqida yozgan edi.