
Dell kompaniyasi o‘zining yangi 14 Plus 2-in-1 noutbuklarini taqdim etdi. Bu haqda WCCF Tech nashri xabar berdi.
Qurilmalar eng yangi AMD Ryzen AI 300 seriyasi – Ryzen AI 5 340 va Ryzen AI 7 350 protsessorlari bilan jihozlangan bo‘lib, 8 yadro va 16 oqimgacha hamda 50 NPU TOPs darajasidagi sun’iy intellekt quvvatini taklif qiladi.




Noutbuk 19 soatgacha ishlash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu uni Apple MacBook Air va Intel’ning Lunar Lake noutbuklariga jiddiy raqobatchiga aylantiradi.
Yangi Dell 14 Plus 2-in-1 modeli ofis xodimlari, talaba va kundalik foydalanuvchilar uchun ideal variant hisoblanadi. U sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda ish unumdorligini oshiradi va yengil o‘yinlar uchun ham yetarli grafik quvvatga ega.
Kompaniya bu model orqali AMD’ning budjet-segmentdagi AI protsessorlarini keng ommaga taqdim etib, funksionallik, unumdorlik va narx muvozanatini taklif qilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple M4 chipli MacBook Air’ni taqdim etgani haqida yozgandi.