
Hyundai kompaniyasi 2026-yildan boshlab avtomobillardagi sensorli boshqaruv elementlaridan voz kechib, an’anaviy tugmali tizimlarga qaytadi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.
Hyundai rahbariyati bunday oʻzgarish haydovchilar uchun xavfsiz va qulay boʻlishini ta’kidlamoqda. Kompaniyaning fikricha, tugmalarni har doim aniqlik bilan topish mumkin. Bu esa transport vositasini boshqarishda chalgʻimaslikka yordam beradi. Ushbu qaror Koreyada ishlab chiqariladigan modellar uchun amal qiladi.
Hyundai yangi yondashuvni bosqichma-bosqich joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu orqali foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va xavfsizlikni oshirish koʻzda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hyundai kompaniyasi 2026-yilgi Palisade XRT Pro modelini taqdim etgani haqda yozgan edi.