Sindarov Freestyle Chess musobaqasida g‘alabalar seriyasini davom ettirmoqda

21-aprel 2025 10:20 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Magnus Karlsen Sindarovda
Sindarovda g‘alaba, Magnus Karlsen yetakchi / Foto: Grenke Freestyle Chess Open / Dariusz Gorzinski

Germaniyaning Karlsrue shahrida o‘tayotgan Grenke Freestyle Chess Open musobaqasi A guruhda qatnashayotgan grossmeyster Javohir Sindarov kecha o‘tkazilgan ikkita turda ham g‘alaba qozonib, umumiy ochkolarini 5,5 taga yetkazdi. 6-turda u polshalik Mase Klekovskini, 7-turda esa hindistonlik Aryan Chopraning qarshiligini sindirdi.

Bugungi 8-turda Sindarov 5,5 ochkoga ega bo‘lgan germaniyalik Frederik Svang bilan bahs olib boradi. Musobaqaning mutlaq peshqadami esa Magnus Karlsen bo‘lib turibdi — u yetti turdan keyin yuz foizlik natija ko‘rsatib, 7 ochko bilan jadvalda yakka yetakchilik qilmoqda. Karlsen bugun Rauf Mamedovga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

225 ming yevrolik mukofot jamg‘armasiga ega turnirda g‘olib 60 ming yevro va Las-Vegasda o‘tadigan Freestyle Chess turnirida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari mos ravishda 40 ming va 30 ming yevro, kuchli o‘nlikdagi har bir ishtirokchi esa kamida 3 ming yevro bilan mukofotlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abdusattorov Fransiyada o‘tgan turnirda Nepomniashiga imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek