Tesla Model Y Xitoyda eng ko‘p sotilgan SUV bo‘ldi

21-aprel 2025 16:40 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Tesla Model Y
Tesla Model Y Xitoyda eng ko‘p sotilgan SUV bo‘ldi / Foto: Tesla

2025-yilning birinchi choragida Xitoyda 2,5 mln dona SUV sotildi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.

Bu o‘tgan yilga nisbatan 4,7 foizga ko‘p. Xitoy yo‘lovchi avtomobillari assotsiatsiyasi (CPCA) ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p sotilgan SUV — Tesla Model Y bo‘lib, chorak davomida 81,8 ming dona sotilgan. Faqat mart oyida 48,2 ming dona xarid qilinib, Model Y bozordagi yetakchilikni yana qaytarib oldi.

Ikkinchi o‘rinda Geely kompaniyasining Xingyue L modeli (79,8 ming dona) joy oldi. Bu benzinli dvigatelli eng ommabop SUV bo‘lib, faqat mart oyida 23,8 ming dona sotilgan. Kuchli uchlikni 65,6 ming dona bilan BYD kompaniyasining Song Plus modeli yakunladi. Mazkur model plug-in gibrid va to‘liq elektr versiyalarda taklif qilinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida Xitoyda umumiy hisobda 948 mingta SUV sotilgan. Bu ko‘rsatkich bir oyda 44,1 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 16,5 foizga oshgan.

Bundan tashqari, beshta qo‘shma korxona brendi kuchli 15talikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. Toyota Frontlander (46,7 ming dona) va Toyota RAV4 (43,5 mingdona) mos ravishda oltinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni egalladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning Baojun modeli Chevrolet Captiva nomi bilan Qozog‘istonda sotuvga chiqqani haqida xabar bergan edi. 

Shuningdek