Leapmotor B01 yangi elektromobili taqdim etiladi

22-aprel 2025 11:41 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Leapmotor B01 yangi arzon elektromobili taqdim etiladi / Foto: Carcoops

Xitoyning Leapmotor kompaniyasi 2025-yil aprel oyida Shanxay avtosalonida o‘zining ilk elektr sedan modeli – B01ni taqdim etadi. Bu haqda Carcoops nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu model ilgari chiqarilgan B10 SUV’ga o‘xshash bo‘lsa-da, soddaligi va funksionalligi bilan ajralib turadi.

Foto: Carcoops

B01 ikkita elektromotor variantida taqdim etiladi: 177 va 214 ot kuchiga ega. Avtomobil litiy-temir-fosfat akkumulyatorlari bilan jihozlanadi, biroq yurish masofasi hozircha oshkor qilinmagan. Asosiy e’tibor narxga qaratilgan: 100 000 – 150 000 yuan (taxminan $13,6 ming – $20,4 ming), bu uni o‘z guruhida eng arzon elektromobillardan biriga aylantiradi.

Foto: Carcoops

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Changan CS75 Plus Ultra taqdim etilgan edi.

Shuningdek