
Realme kompaniyasi tomonidan 23-aprel kuni yangi Realme GT7 smartfoni rasman namoyish qilindi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Smartfon kuchli texnik xususiyatlari va raqobatbardosh narxlari bilan ajralib turadi.
Realme GT7 MediaTek Dimensity 9400+ protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, bu chipni ilk bo‘lib qo‘llagan smartfon hisoblanadi. Qurilma 6.8 dyuymli, 144Hz yangilanish tezligiga ega BOE Q10 ekrani, LPDDR5X operativ va UFS 4.0 doimiy xotira, hamda 7700 mm² grafenli sovutish tizimiga ega. Asosiy kamera 50MP (Sony IMX896), batareyasi esa 7200mAh bo‘lib, 100W quvvat bilan 19 daqiqada 50% gacha zaryadlanadi. Qurilma IP69 himoya darajasi, 144FPS o‘yin rejimi va 7.5 km masofali tarmoqsiz aloqa funksiyalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Xotira konfiguratsiyasi | Narx (USD) |
---|---|
12GB + 256GB | $355.54 |
16GB + 256GB | $396.58 |
12GB + 512GB | $410.26 |
16GB + 512GB | $451.30 |
16GB + 1TB | $519.70 |
Realme GT7 besh xil xotira konfiguratsiyasida taqdim etilib, boshlang‘ich narxi $355 etib belgilangan. Savdolar 29-apreldan boshlanishi rejalashtirilgan. Qurilma uch xil rangda taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Realme GT7 smartfonining rasmiy ko‘rinishini taqdim etgani haqida yozgan edi.