
General Motors Janubiy Koreyada Chevrolet Trailblazer 2026 modelini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar bermoqda.
Modelning ishlab chiqarilishi 2025-yil 1-apreldan boshlangan bo‘lib, Janubiy Koreyadagi Bupyeong zavodida yig‘ilmoqda.

Trailblazer White Sands va Apex Red ranglari bilan chiqadi. Yangi Trailblazer modelida ham dizayn va texnik jihatlar bo‘yicha katta o‘zgarishlar kutilmaydi.

Chevrolet Trailblazer 2026 modelining narxlari quyidagi jadvalda:
Komplektatsiya | Narx (USD) |
---|---|
LS | $24,295 |
LT | $25,495 |
RS | $28,895 |
Activ | $28,895 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Onix qo‘shni respublikalarda qanday narxlarda sotilayotgani haqida maqola e’lon qilgan edi.