Honor GT Pro arzon narxdagi smartfoni taqdim etildi

24-aprel 2025 08:31 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Honor GT Pro arzon narxdagi smartfoni taqdim etildi / Foto: Honor

Honor kompaniyasi yangi Honor GT Pro smartfonini taqdim etdi. Atigi $410 turadigan ushbu model o‘z sinfida deyarli kamchiliklardan holi, deya xabar beradi ITHome.

Unga ko‘ra, smartfon kuchli Snapdragon 8 Elite chipi, LPDDR5X tezkor xotira va UFS 4.1 xotira texnologiyasi bilan jihozlangan. 6,78 dyuymli OLED ekran 1,5K aniqlik va 144 Gts yangilanish chastotasiga ega, eng muhimi – miltillamaydi (4320 Gts PWM).

Foto: Honor

Kameralar tizimi ham flagman darajasida: orqada uchta 50 MP kamera, old kamerasi ham 50 MP. Akkumulyator sig‘imi – 7200 mA/soat, 90 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Honor GT Pro IP68/IP69 himoyaga ega, kuchli dinamiklar, ultratovushli barmoq izi skaneri va NFC bilan to‘liq jihozlangan. Eng yuqori konfiguratsiya – 16 GB operativ va 1 TB xotiraga ega model — $550 baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor X60 GT sotuvga chiqishi haqida yozgan edik. 

Shuningdek