Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish hajmi qanchaga oshdi

24-aprel 2025 11:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
UzAuto Motors kompaniyasi
UzAuto Motors kompaniyasi qancha avtomobil ishlab chiqargan / Foto: Autostrada

UzAuto Motors kompaniyasi Cobalt, Onix va Damas ishlab chiqarishni oshirdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Kompaniyaning ishlab chiqarish hajmi deyarli o‘zgarmagan. 2025-yilning yanvar-mart oylarida 76,9 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2024-yilning shu davrida 76,5 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan. UzAuto Motors’ning ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,49 foizga o‘sdi.

Yuqoridagi modellarning ko‘proq ishlab chiqarilishi Lacetti modelining to‘xtatilgani va Tracker avtomobilining qisqargani bilan bog‘liq.

Quyidagi jadvalda 2025-yil yanvar-mart oylaridagi ishlab chiqarish statistikasi bilan tanishishingiz mumkin.

Model2024 yil 1-chorak2025 yil 1-chorakDinamika
Cobalt 28 35632 208+13,58%
Damas18 99622 409+17,97%
Tracker12 02510 513-12,57%
Lacetti/Gentra8 8110-100,00%
Oniks8 33811 774+41,21%
Yengil avtomobillarning umumiy ishlab chiqarilishi / UzAuto Motors76 52676 904+0,49%

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Onix qo‘shni respublikalarda qanday narxlarda sotilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek