Yangi Lexus ES Shanxayda namoyish qilindi

24-aprel 2025 09:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Lexus ES
Lexus ES modeli taqdim etildi / Foto: ITHome

Yangi Lexus ES avtomobili Shanxay avtosalonida ilk bor taqdim etildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Model uchta versiyada taklif etiladi: gibrid va to‘liq elektrli. U 300h 2.5 litrli gibrid tizimga ega bo‘lib, 350e old g‘ildirakli, 482 km yurish masofasini taqdim etadi. ES 500e esa to‘liq g‘ildirakli va DIRECT4 tizimi bilan jihozlangan. Dizayn LF-ZC kontseptidan ilhomlangan.

Lexus ES
Foto: ITHome

Lexus ES avtomobili TNGA GA-K platformasida ishlab chiqilgan. Uning ichki qismida 14 dyuymli ekran va yangi panel mavjud.

Avtomobil Apple CarPlay va Android Auto’ni qo‘llab-quvvatlanadi. Mark Levinson audio tizimi ham taqdim etilgan. Shuningdek, u yangi xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, Lexus Safety System+ bilan yangilangan.

Lexus ES
Foto: ITHome

Model 2026-yil martida ommaviy ishlab chiqarila boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Lexus to‘liq elektr uch qator o‘rindiqli krossover ustida ishlayotgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek