
Xiaomi kompaniyasi Redmi Turbo 4 Pro smartfonini rasman taqdim etgan edi. Qurilmaning videolari ijtimoiy tarmoqlarda sizib chiqdi.
Smartfonning texnik xususiyatlari quyidagicha:
- Ishlash: Snapdragon 8s Gen4 protsessori;
- Ekran: 6,83 dyuymli 1,5K LTPS tekis ekran;
- Batareya: 7550 ± mA / soat batareya | 90 Vt tez zaryadlash;
- Kamera: 50MP+8MP ikki kamerali kombinatsiya;
- Dizayn: metall ramka;
- Xavfsizlik: optik barmoq izi.
Bu smartfon hali O’zbekistonga yetib kelgani yo’q. Kursiv Uzbekistan rasmiy sotuvlar va narxlar haqida keyingi yangiliklarda e’lon qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi Redmi Turbo 4 Pro smartfoni taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.